
Rafinya "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bilan ishlash istagini bildirdi.
27 yoshli vinger bugun Orlando aeroportiga ta'tildan so'ng AQShdagi turnega qo'shilish uchun etib keldi. Rafinya jurnalistlarning Kataloniya klubidagi kelajagi haqidagi savoliga javob berdi.
- Flik bilan ishlamoqchimiz?
- Albatta! – javob qildi Rafinya.
Oldinroq "Barselona" rahbariyati vingerni sotish niyatida ekani xabar qilingandi. Saudiya klublaridan biri Rafinyaning transferi uchun 65 million evro taklif qilgani haqida ham ma'lumotlar paydo bo'ldi.
Fikrlar 0