Pep Gvardiola "Barselona" bilan uchrashuv haqida gapirdi.

"Manchester Siti" 31 iyul kuni Kataloniya jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

- Yana "Barselona"ga qarshi o'ynash qanday tuyg'u?

- Men uchun "Barselona"ga qarshi o'yinlar har doim o'zgacha. Bu mening hayotim klubi. O'rtoqlik o'yini bo'ladimi, menga farqi yo'q. Ularga qarshi o'ynash har doim sharafdir.

- Levandovski haqida alohida qayg'urasizmi?

- U fantastik futbolchi. U mening jamoamda edi va men uning maydonda nimalarga qodirligini juda yaxshi bilaman. Bitta o'yinda u o'n daqiqada to'rtta gol urdi (Gvardiola "Bavariya"ning "Volfsburg" bilan o'yinida 9 daqiqadagi penta-trikni nazarda tutdi).

- Sizningcha, Flisk jamoaga nima olib keladi?

- Men eng yaxshisiga umid qilaman. U o'zgacha shaxs. Uning jamoasi hamma narsada ustunlik qilgan yagona jamoa. "Bavariya" ustunlik qilgan jamoa edi. Bir kuni men u bilan uchrashdim va unga eng yaxshi tilaklarimni aytdim. Umid qilamanki, u uchun hammasi yaxshi bo'ladi. Unga g'alaba qozonish uchun sabr kerak bo'ladi. "Barselona" har doim salohiyatga ega bo'ladi", - dedi "Manchester Siti" bosh murabbiyi.