
"Barselona" Mikel Merinoga qiziqishda davom etmoqda.
AS xabariga ko'ra, Kataloniya klubi "Real Sosedad" yarim himoyachisini qo'lga kiritish ustida ishlamoqda. "Barsa" 20 million evrolik birinchi taklifni ko'rib chiqmoqda.
Agar klublar transfer bo'yicha kelishib olsa, futbolchining o'zi "blaugrana"ga o'tishga tayyor. Dani Olmo yoki Niko Uilyams bo'yicha bitimlar tuzilmaguncha u yakunlanmaydi. Ular "Barselona"ning ustuvor maqsadlari bo'lib qoladi.
Fikrlar 0