
«Atletiko» Kleman Langle bilan shartnoma imzolash ustida ishlamoqda.
Jurnalist Santi Auna xabariga ko'ra, Madrid klubi «Barselona» va Langle vakillari bilan bog'langan. Ushbu transferga himoyachining o'zi ham qiziqmoqda.
«Atletiko Madrid» yana «Feyenoord» futbolchisi David Gantsko va «Vest Xem» futbolchisi Nayef Agerdga qiziqish bildirmoqda, ammo ularning transferlarini amalga oshirish qiyin bo'ladi.
Langle o'tgan mavsumni «Aston Villa»da ijara asosida o'tkazdi va Premer-ligada 14 o'yinda maydonga tushdi.
Fikrlar 1
I know Joao Felix need to Barcelona :yi: