
"Barselona" "Leyptsig"ga 26 yoshli hujumkor yarim himoyachi Dani Olmo uchun yangi taklif tayyorlamoqda. Bu haqda jurnalist Ferran Martines xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Kataloniya klubi ispaniyalik futbolchining transferi uchun "Leyptsig"ga 60 million evro taklif qilmoqda. Shu bilan birga, "ko'k-anorranglilar" belgilangan miqdor sifatida 47 million evro va yana 13 million evro bonuslar (o'ynagan o'yinlar soni uchun 3 million evro, jamoa bilan unvonlar uchun 10 million evro) to'lashni istamoqda.
Ta'kidlanishicha, "Barselona" 25 million evro miqdoridagi birinchi to'lovni kuzda amalga oshirmoqchi.
Fikrlar 0