Vinisius Junior hamda Eder Militao «Real Madrid»ning AQShda mashg'ulotlar o'tkazayotgan bazasiga etib bordi, deya xabar berdi "Marca".

Manbaga ko'ra, braziliyalik futbolchilar bugundan to'liq jamoaviy mashg'ulotlarga qo'shilishadi va 4 avgustga belgilangan «Barselona»ga qarshi o'rtoqlik o'yinida daqiqalarga ega bo'ladi.