"Barselona" futbolchisi Robert Levandovski "Real"ga yangi kelgan Kilian Mbappe haqida gapirdi.

Eslatib o'tamiz, frantsiyalik hujumchi yozda “Los-Blankos” safiga erkin agent sifatida “PSJ”dan qo'shilgan edi;

"Kilian men kabi forvard emas, bizda o'yin uslubi boshqacha, uning pozitsiyasi boshqacha. Lekin Mbappe ajoyib futbolchi. Men jamoamizning imkoniyatlariga ishonaman, biz Mbappesi bor "Real Madrid"ni mag'lub etish haqida o'ylashimiz mumkin", - dedi polshalik forvard.