Mark-Andre ter Shtegen «Real» bilan bo'lajak o'yin haqida gapirdi.

«Biz klasikoga juda yaxshi kayfiyatda yaqinlashyapmiz.

Klasiko har doim Klasiko bo'ladi, bu shunchaki o'rtoqlik o'yini emas, bu har doim muhim o'yin», - dedi «Barselona» darvozaboni.

Eslatib o'tamiz, «Barselona» va «Real Madrid» Nyu-Jersida to'qnash keladi. O'yin Yakshanba tongida, Toshkent vaqti bilan 04:00 da bo'lib o'tadi.