"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal Ginnesning rekordlar kitobidan sertifikatlar oldi.

Eslatib o'tamiz, Yamal Evropa chempionati final bosqichida ishtirok etgan eng yosh futbolchi, shuningdek, Evropa chempionatida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.

Yamal turnirning yarim finalida frantsuzlarga gol urdi va 16 yoshu 362 kunligida Evroning final bosqichida gol urgan eng yosh muallifga aylandi.