
Kataloniyaning "Barselona" klubi "RB Leyptsig"ga yarim himoyachi Dani Olmoning transferi bo'yicha taklif yubordi. Eslatib o'tamiz, avvalroq Germaniya jamoasi yarim himoyachisi uchun 60 million evro talab qilgandi.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, "Barselona" 47 million evro va kelajakdagi bonuslar sifatida 13 millionni taklif qilgan. Ilgari "RB Leyptsig" zudlik bilan 60 million olmoqchi edi, ammo hozircha Marko Roze jamoasi taklifga javob bermadi.
Olmo "Barselona"ga o'tishga tayyor, ammo uning xizmatlariga "Bavariya" ham qiziqmoqda.
Fikrlar 0