Niko Uilyams "Atletik"da qoladi.

22 yoshli vinger Bilbao klubi muxlislariga videomurojaat yozdi.

"Hammasi joyida, men qaytib keldim va bu mavsum boshlanishini intiqlik bilan kutyapman. Olg'a, "Atletik"! - dedi Uilyams.

Ispaniyaning nashrlari bu so'zni Nikoning hozirgi jamoasida qolishga qaror qilganining tasdig'i sifatida ko'rmoqda. Unga "Barselona" va "PSJ" klublari qiziqish bildirishdi.