[readimg]https://static.sports.uz/crop/322a45b2e9ae0778f81a0a8abd6a777b.jpg[/readimg] U Evropada o‘zini ko‘rsatmoqchi. “Rostov” klubida to‘p surayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov Xitoy chempionatiga o‘tishi borasidagi savolga javob qaytardi. -Sizga nemis va xitoy klublaridan qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu borada sizga nimalar ma’lum? -Bu savol ko‘proq “Rostov”ga tegishli. Shaxsan men bu borada hech narsa bilmayman. -Har qanday pul evaziga bo‘lsa ham 30 yoshdan oldin Xitoy klubiga o‘tmasligingiz haqida eshitdim. Bu rostmi? -Ha, rostanam shunday. U erga 30 yoshdan avval ketmoqchi emasman. -Agar Rossiyaning grand va Evropaning o‘rtamiyona klublaridan taklif tushsa, siz qay birini tanlardingiz? -Albatta, Evropa. Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli hamyurtimiz ayni damda 10 ta gol bilan Rossiya premer-ligasida to‘purarlik qilmoqda.