
Dani Olmo "RB Leyptsig"dan "Barselona"ga o'tishga yaqin turibdi.
26 yoshli yarim himoyachi Kataloniya klubida tibbiy ko'rikdan o'tdi, deya xabar beradi Fabritsio Romano.
Oldinroq bu transfer jamoaga 55+7 million evroga tushishi ma'lum bo'lgandi. Futbolchi bilan 6 yillik shartnoma imzolanadi.
O'tgan mavsumda Bundesligada ispaniyalik futbolchi 21 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar 0