Dani Olmo «RB Leyptsig»dan «Barselona»ga o'tdi.

26 yoshli yarim himoyachi Kataloniya klubi bilan 6 yillik shartnoma imzoladi, uning tovon puli 500 million evro.

Avval xabar qilinganidek, «Barselona» Olmo uchun 55 million evro to'laydi. Shartnoma, shuningdek, 7 million evro miqdoridagi qo'shimcha to'lovlarni ham o'z ichiga oladi, ularning aksariyati qiyin.

Ispaniyalik futbolchi 2020 yilning yanvaridan buyon «Leyptsig» safida to'p suradi. U klub safida barcha musobaqalarda 148 ta o'yinda maydonga tushib, 29 ta gol urgan va 34 ta golli uzatmani amalga oshirgan.