"Barsa" Jan-Kler Todiboning "Vest Xem"ga o'tishidan pul ishlab oldi.

2025 yilda Kataloniya klubi 8 million evro oladi - Todiboning "Vest Xem"dan sotib olingan summasining 20 foizi, deb xabar beradi Diario Sport.

Eslatib o'tamiz, avvalroq “Vest Xem” Todiboni “Nitstsa”dan 40 million evroga sotib olish majburiyati bilan ijaraga olgandi.

Himoyachi 2021 yilda "Barselona"dan "Nitstsa"ga o'tgan edi.