"Barselona" Serxi Roberto bilan xayrlashdi.

Shartnomasi shu yozda yakuniga etgan himoyachi klubni tark etishini ma'lum qildi.

“Bir umr Kule. Rahmat Serxi, tez orada ko'rishguncha!” - deyiladi klubning o'z tarbiyalanuvchisiga bag'ishlangan videoklipida.

Roberto 2010 yilda asosiy jamoada debyut qilgan va keyinchalik ular bilan 20 ta sovrin yutgan.