Mish-mishlar doimiy ravishda portugaliyalik hujumchi Rafael Leauni Evropaning top-klublari bilan bog'lamoqda.

Bahorda "PSJ" haqida ko'p gaplar bo'ldi, yaqinda “Milan” yulduziga Londonning “Chelsi” klubi qiziqayotgani haqida mish-mishlar tarqaldi, endi esa yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi. “Barselona" Leau bilan shartnoma tuzmoqchi.

Bu haqda Ispaniyaning El Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.

Leau 2019 yildan beri “Milan”da o'ynab kelmoqda, ungacha u "Sporting", shuningdek, Frantsiyaning “Lill” klubida o'ynashga muvaffaq bo'lgan.