Xulian Arauxo "Barselona"dan "Bornmut"ga ko'chib o'tdi.

Ingliz klubi bu transferni rasman elon qildi. Himoyachi "Bornmut" bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.

Jurnalist Ben Jeykobsga ko'ra, "Barselona" 23 yoshli meksikalik uchun 10 million evro oladi. Shartnoma bonuslar yoki kelajakdagi sotuvlar bo'yicha foizlarni o'z ichiga olmaydi.