"Al-Ittihod" yarim himoyachisi N'Golo Kante "Barselona"ning radarida qolmoqda.

33 yoshli futbolchi Saudiya Arabistonini tark etib, Evropaga qaytishni istamoqda, ammo “Al-Ittihod” tajribali yarim himoyachi bilan xayrlashishni umuman istamayapti.

Sport.es xabariga ko'ra, "Barselona" Kantening holatini diqqat bilan kuzatishda davom etmoqda. Kataloniya klubi rahbariyati transfer oynasi yopilgunga qadar yulduz frantsuz nomzodiga qaytishi mumkin.

Oy boshida ispan OAVlari Xans-Diter Flikning shaxsan o'zi N'Golo Kante bilan shartnoma imzolanishiga qarshi chiqqani haqida xabar bergan edi.