"Barselona" "Milan" vingeri Rafael Leauni sotib olish ustida ishlamoqda. "Blaugrana" hujumning o'ng qanotini kuchaytirish niyatida va yaqinda 25 yoshli "rossoneri" etakchisi asosiy nishon sifatida aniqlangandi.

Jurnalist Xose Alvaresning yozishicha, Leauning o'zi "Barselona"ga o'tmoqchi. Klublar o'rtasida muzokaralar allaqachon boshlangan. Moliyaviy cheklovlarga qaramay, Kataloniya grandi A Seriya yulduzini transfer qilish xarajatlarini qoplash uchun etarli mablag'ga ega bo'ladi.

Shuningdek, agar Rafael Leau bo'yicha kelishuv muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, "Barselona" Italiya chempionatining yana bir futbolchisi "Yuventus" vingeri Federiko Keza bilan shartnoma imzolashi qayd etilgan.