Usmon Dembele eng muvaffaqiyatsiz qimmat xaridlar reytingida birinchi o'rinni egalladi.

2017 yilda "Barselona" bilan shartnoma imzolagan vinger Goal ro'yxatida birinchi o'rinda turadi.

Ro'yxatga quyidagi transferlar kiritilgan:

1. Usmon Dembele - 2017 yilda "Borussiya"dan "Barselona"ga 112 million dollar

2. Eden Azar – 2019 yilda “Chelsi”dan “Real”ga 111 million dollar

3. Filippe Koutino – 2018 yilda “Liverpul”dan “Barselona”ga 130 million dollar

4. Pol Pogba – 2016 yilda “Yuventus”dan “Manchester Yunayted”ga 117 million dollar

5. Romelu Lukaku – 2021 yilda “Inter”dan “Chelsi”ga 119 million dollar

6. Joau Feliks – 2019-yilda “Benfika”dan “Atletiko”ga 135 million dollar

7. Nikolas Pepe – 2019-yilda “Lill”dan “Arsenal”ga 104 million dollar

8. Garri Maguayr – 2019 yilda “Lester”dan “Manchester Yunayted”ga 100 million dollar

9. Antuan Grizmann – 2019 yilda “Atletiko”dan “Barselona”ga 107 million dollar

10. Alvaro Morata – 2017 yilda “Real”dan “Chelsi”ga 75 million dollar

11. Romelu Lukaku – 2017-yilda “Everton”dan “Manchester Yunayted”ga 94 million dollar

12. Kepa Arrizabalaga – 2018 yilda “Atletik”dan “Chelsi”ga 94 million dollar

13. Neymar – 2017-yilda “Barselona”dan PSJga 242 million dollar

14. Zlatan Ibrahimovich - 2009 yilda "Inter"dan "Barselona"ga 75 mln dollar

15. Xames Rodriges - 2014 yilda "Monako"dan "Real"ga 86 million dollar.