"Barselona" markaziy himoyachisi Kleman Langle faoliyatini "Atletiko Madrid"da davom ettiradi.

Klublar frantsiyalik futbolchining ijara shartlari bo'yicha kelishib oldi, deya xabar beradi insayder Fabritsio Romano.

Futbolchining o'zi avvalroq "matraschilar" bilan kelishuvga erishgan edi. Tez orada transfer rasman tasdiqlanadi.

Kleman Langle o'tgan mavsumni Angliyaning "Aston Villa" klubida ijara asosida o'tkazgan va oxirgi mavsumda "Tottenxem"da o'ynagan.