
"Barselona" hujumchisi Vitor Roke joriy mavsumni "Betis"da o'tkazadi.
Klublar forvard uchun ikki yillik ijaraga kelishib oldilar, ammo joriy mavsum so'ngida "ko'k-anorranglilar" braziliyalikni qaytarishi mumkin edi.
Shartnoma bonuslarni hisobga olmaganda 25 million evroga sotib olish variantini o'z ichiga oladi, deya xabar beradi jurnalist Rojer Torello.
Agar “Betis” Rokeni sotib olishga qaror qilsa, “Barselona” futbolchining kelajakdagi qayta sotiladigan narxining 20 foizini o'ziga olishi mumkin.
Shuningdek, kataloniyaliklar 27,5 million evroga qaytarib sotib olish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Fikrlar 0