"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Robert Levandovskining o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Yaqinda 36 yoshini nishonlagan forvard shanba kuni La Liga 2-turidan o'rin olgan "Atletik Bilbao"ga qarshi o'yinda (2:1) g'alaba golini kiritdi.

Polyak mavsum boshidayoq uchta gol urdi.

"Men Levandovskini yaxshi bilaman, u bilan birga ishlaganman. U 100% tayyor. Birinchi bo'limda yana bir yoki ikkita gol urishi mumkin edi.

Robert tabiiy tug'ma to'purar", - deya Flikdan iqtibos keltiradi Barca Universal.