Xansi Flik Robert Levandovskining o'yinini yuqori baholadi.

La Liganing 2-turida kataloniyaliklar o'z maydonida “Atletik”ni mag'lub etishdi (2:1). G'alaba golini polshalik forvard kiritdi.

- Levandovskining eng yaxshi versiyasi qaytdimi?

- Menimcha, men uni juda yaxshi bilaman, u yaxshi pressing qiladi, undan juda mamnunman.

- Sizningcha, u yaxshi formadami?

- Jismoniy jihatdan u yuz foiz tayyor. Har safar to'pni baland ko'targanimizda, u o'yinga katta hissa qo'shadi. U birinchi bo'limda ikkita gol urishi mumkin edi. U gol muallifi va uning goli bizga g'alaba keltirdi.

– Levandovski “Bavariya”dagi darajasiga qaytishi mumkinmi?

- U jismoniy tayyorgarlikka juda jiddiy yondashadigan professional. U sog'lom bo'lsa, bizga ko'p yordam beradi. U bosimga qanday dots. berishni biladi va buni raqib hisobni tenglashtirgandan keyin ko'rdik, - dedi "Barselona" bosh murabbiyi.

La Liga to'purarlari ro'yxatini 3 ta gol bilan Levandovski boshqarib turibdi.