Kataloniyaning “Barselona” klubi Ispaniya chempionatining 3-turida g'alaba qozondi, ammo g'alaba ularga oson bo'lmadi.

Dani Olmo Kataloniya superklubi safidagi ilk golini urdi. Uning muvaffaqiyati haqida klub bosh murabbiyi Xans-Diter Flik shunday dedi:

"Olmo juda zo'r edi, biz kutgan ishni qildi. U kombinatsion o'yinni yaxshilashga yordam beradi", - deya nemis mutaxassisining so'zlarini keltiradi "Barselona" klubi sayti.

Uch turdan keyin “Barselona” 9 ochkoga ega va turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.