Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann endi terma jamoa darvozasini kim egallashi haqidagi savolga javob berdi.

"Ter Shtegen. U ko'p yillardan buyon "Barselona" sardori va etakchisidir", - deya Nagelsmann so'zlarini keltiradi Barca Universal.

32 yoshli darvozabon Germaniya terma jamoasi safida 40 ta o'yin o'tkazib, 48 ta gol o'tkazib yuborgan va 12 marta o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.