"Real" himoyachisi Dani Karvaxal "Barselona"da o'ynayotgan terma jamoadagi sherigi Lamin Yamal haqida gapirdi.

"U terma jamoaga juda yaxshi moslashdi. Yamal hali bola, shuning uchun u oyoqqa turishi kerak, lekin u zo'r yigit", - deya Karvaxal so'zlarini keltiradi The Athletic.

Eslatib o'tamiz, Yamal Evropa chempionatining eng yaxshi yosh o'yinchisi sifatida e'tirof etilgan.