
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong keyingi hafta mashg'ulotlarga qaytadi. Bu haqda Relevo xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, de Yong operatsiyadan bosh tortgan va kelasi haftadan maydonda mashg'ulotlarni boshlaydi. Shu bilan birga, mutaxassislar de Yongning jarohati qaytalanish ehtimoli yuqori ekanligini aytishmoqda.
27 yoshli yarim himoyachi oxirgi marta aprel oyida maydonga tushgandi.
Fikrlar 0