[readimg]http://uzfifa.net/uzfifa/images/uzfifa_net-532643_original.jpg[/readimg] [b]"Malorka" hujumchisi Ante Budimir LaLiga 16-turi doirasida "Barselona"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. " Messini to'xtatadigan hech qanday formula yo'q. " Barselona"dan farqli ravishda biz yaxshiroq o'ynay olishimiz va ijobiy kayfiyatni saqlab qolishimiz mumkin. Statistikaga ko'ra, ular bir mavsumda bir marta o'z maydonida mag'lub bo'lishi va 2-3 marta durang o'ynashi mumkin. SHu boisdan ularga qarshi bahsda ochko olish oson bo'lmaydi. Messiva uning sheriklarini to'xtatish uchun raqiblar yuqori saviyada bo'lishi kerak. Kam vaziyat yaratsak-da, ulardan ko'proq gol urishga harakat qilamiz", -dedi Budimir.[/b]