UEFA 2022-yilda Qatarda o‘tkaziladigan JCH-2022 saralashining yangi formatini tasdiqladi. Yevropadan 13ta terma jamoa Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega bo‘ladi: 10ta guruhning g‘olibi va pley-off natijalariga ko‘ra 3ta eng yaxshi jamoa. Pley-off bosqichida guruhlarda ikkinchi o‘rinni egallagan 10ta jamoa va Millatlar ligasi 2020/21-yilgi mavsumidagi guruh bosqichida g‘olib chiqqan, biroq Jahon chempionati yo‘llanmasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lga kiritolmagan eng yaxshi 2ta jamoa ishtirok etadi. Pley-off uchta turnirga ajratiladi. Musobaqa g‘oliblari Jahon chempionati final bosqichiga yo‘l oladi. Lekin hozircha FIFA bu taklifga rozilik bildirmagan.