«Barselona» rahbariyati tayanch yarim himoyachi sotib olish fikridan qaytdi, deya xabar berdi «Mundo Deportivo».

Murabbiylar shtabi Mark Kasadoga to'liq ishonch bildiradi.

Rahbariyat esa u bilan shartnomani yangilash va maoshini ko'tarish bo'yicha ish boshlab yuborgan.

21 yoshli ispaniyalikning amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan.