Arenani rekonstruktsiya qilish uzoq vaqt davom etdi.
Qayd etilishicha, rekonstruktsiya jarayonida suv va elektr ta'minotida muammolar yuzaga kelgan. Bu kabi muammolar umumiy ish rejasiga ta'sir qiladi va natijada jamoa stadionga keyingi bahorda qaytishi mumkin.
"Ko'k-anorranglilar" qurilish ishlari boshlangani sababli 2023 yilning may oyidan beri arenada o'ynamadi. "Barselona" bugungi kunda "Olimpiya" stadionida o'ynamoqda.
Klub yangi mavsumni La Ligada ketma-ket 6 ta g'alaba bilan boshladi va musobaqa jadvalida etakchilik qilmoqda.
Fikrlar 0