Zamonaviy "Real" haqida:

"Madrid" jonimga tekkan: ular yaxshi o'ynaydi va g'alaba qozonadi, yomon o'ynaydi va yana g'alabaga erishadi. Fikrimcha, ular odam-podammas.

"Real" selektsiyasi haqida:

Hozirgi "Real"ni "Qirollik muhojiri" deb atayman: ularda sakkiz nafar qora tanli futbolchi, ikki nafar or tanli xorijlik va faqat bir nafar ispaniyalik – Karvaxal bor.

Vinisius haqida:

Vinisius jamiyatni provokatsiya qilishga undaydi. U qora tanli bo'lgani uchun emas, qilmishi uchun ta'qib qilinadi.

Hakamlar bilan ishlash haqida:

"Barselona" hakamlar bilan ishlaydigan sharmandali klub ekanligini butun Ispaniya biladi.

"Real" ham ortda qolmaydi: "Madrid" futbolchisiga qizil kartochka beriladi, keyin esa bekor qilinadi, chunki Florentino hammasini yomon qilishi mumkin.

Qadrli o'quvchilar, sizningcha, Pakoning fikrlari qanchalik asosli?