"Barselona" sport direktori Deku Vitor Rokening transfer shartlarini oshkor qildi.

Braziliyalik hujumchi Kataloniya klubiga shu yil boshida "Atletiko Paranaense"dan o'tgan edi. Turli manbalarga ko'ra, "Barselona" yosh futbolchi uchun 40-60 million evro to'lagan, biroq Deku bu ma'lumotni rad etgan.

"Roke 60 emas, 30 million evro edi, chunki [bonuslarni faollashtirish uchun] birorta ham shart bajarilmagan. U biz bilan sovrin yutmadi va o'tkazilgan o'yinlarning ma'lum foiziga erisha olmadi, shuning uchun uning narxi 30 millionni tashkil etdi", - deya Deku so'zlarini keltiradi BarcaTimes.