
Mark-Andre Ter Shtegenning jiddiy jarohatidan so'ng, «Barselona» darvozabon Voytsex Shesni bilan shoshilinch ravishda shartnoma imzoladi. Polyak futbolga qaytishga majbur bo'ldi - yoz oxirida u faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgandi.
Shesni hali «Barselona»da o'ynamagan - hozir asosiy darvozabon Inyaki Penya. Shu bilan birga, Kataloniya klubi polshalik futbolchining ishlashidan mamnun. «Ko'k-anorranglilar» qarorgohida Shesnining bu ishga munosabati namunali deb hisoblanadi. Agar hech narsa o'zgarmasa, «Barselona» Voytsex bilan shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish bo'yicha muzokaralar olib boradi. Bu haqda «Marca» o'z sahifalarida yozadi.
Fikrlar 0