"Barselona" sardori Rafinya faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Fichajes nashri xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchiga "Arsenal" qiziqish bildirmoqda. "Kanonirlar" futbolchi uchun taxminan 75 million evro taklif qilmoqchi. Qayd etilishicha, “Barselona” Rafinya bilan 83 million evrodan kam mablag' evaziga xayrlashmoqchi emas.

27 yoshli Rafinya joriy mavsumda “Barselona”ning etakchisi hisoblanadi. Braziliyalik futbolchining "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan va uning transfer qiymati 60 million evroga baholanmoqda.