"Barselona" va Turkiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Arda Turan turkiyalik yosh iqtidor egasi Arda Gyulerning undan ko'ra ko'proq muvaffaqiyat qozonishiga ishonmoqda.

"Gyuler o'ziga xos, iqtidorli, o'ziga xos fazilatlarga ega futbolchi. Ishonchim komilki, u mendan o'zib ketadi.

Buning uchun u o'z iqtidorini haqiqiy san'at asariga aylantirishi, shuningdek, "Real"ga to'liq moslashishi kerak.

Ishonamanki, u mendan ko'ra ko'proq muvaffaqiyatlarga erisha oladi", - dedi Turan.