"Barselona" yarim himoyachisi Karles Alenya faoliyatini "Xetafe"da davom ettirishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, tomonlar o'yinchining mavsum oxiriga qadar ijarasi bo'yicha kelishuvga erishishdi. Faqatgina futbolchi yangi klubga bir shart bilan o'tmoqchi. Buning uchun "Xetafe" Evropa Ligasining pley-offiga yo'l olishi kerak. "Xetafe" hozirda Evropa Ligasida "C" guruhida 9 ochko to'plagan holda ikkinchi o'rinda bormoqda.