Saudiyaning "Al-Hilol" va "An-Nasr" klublari "Barselona" hujumchisi Ansu Fati uchun kurashishga tayyor.

22 yoshli futbolchi doimiy jarohatlar tufayli aziyat chekadi, shuning uchun u tez-tez maydonga tushmaydi. So'nggi vaqtlarda ispaniyalik vingerga da'vogarlar soni doimiy ravishda o'sib bormoqda. Transfer News Live'ning Fichajes'ga tayanib xabar berishicha, "Al-Hilol" va "An-Nasr" ham da'vogarlar safiga qo'shilgan.

Ansu Fati joriy mavsumda "Barselona"ning ettita uchrashuvida ishtirok etdi. Transfermarkt portali hujumchining narxini 15 million evroga baholamoqda.