"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Gavining Jyul Kundeni ochiq tanqid qilganidan norozi.

Frantsiyalik futbolchi “Selta” bilan o'yinda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va shu tufayli “ko'k-anorranglilar” yakunda g'alabani qo'ldan boy berdi (2:2).

Gavi ushbu epizod haqida gapirar ekan, ochiqchasiga o'z hissiyotlarini bildirdi: “Biz o'tkazib yuborgan birinchi gol shunchaki ahmoqona edi.

U to'pni tepishi kerak edi. Bu futbol, ​​biz o'rganishimiz kerak”, - degandi ispaniyalik.

Flik Gavining xatti-harakatini ma'qullamadi – murabbiy uning Kundeni ochiq tanqid qilganidan norozi edi, deb yozadi Diario Sport.

Nemis mutaxassisi himoyachiga to'liq ishonadi va uni ko'pincha jamoadagi eng mas'uliyatli futbolchilardan biri sifatida tilga oladi.