Robert Levandovski deyarli har bir o'yinda o'rtacha 1 ta gol uradi.

"Barselona" forvardi Chempionlar ligasi doirasida "Brest"ga qarshi o'yinning 10-daqiqasida penaltini aniq amalga oshirdi.

Bu uning joriy mavsumda klub va Polsha terma jamoasi safidagi umumiy 22-golidir. U o'zining 23-o'yinini o'tkazmoqda.