Robert Levandovski Chempionlar ligasidagi 100-golini urdi.

"Barselona" hujumchisi "Brest"ga qarshi o'yinning 10-daqiqasida o'zi ishlab olgan penaltini aniq amalga oshirdi.

Polshalik futbolchining turnirdagi gollari soni 100 taga etdi. To'purarlar ro'yxatida u faqat Krishtianu Ronaldu (140) va Lionel Messidan (129) ortda qolgan.