"Barselona" so'nggi o'yinlarda Lamin Yamal xizmatlaridan foydalana olmayapti.

Xabarlarga ko'ra, 17 yoshli futbolchi bugundan jamoaning umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytadi.

U 30 noyabr kungi "Las-Palmas" bilan o'yinga tayyor bo'lishi kutilmoqda.

Shu bilan birga Ferran Torres ham navbatdagi o'yinda jamoaga yordam berishga tayyor bo'ladi.