
Ukraina futboli afsonasi Andrey Shevchenko Robert Levandovski haqidagi fikri bilan o'rtoqlashdi. Ukraina futbol assotsiatsiyasi (UAF) rahbariga ko'ra, polshalik futbolchi 2020 yilda "Oltin to'p"ni olishi kerak edi. Shevchenko Goal nashriga shunday deydi: "Bu borada mening fikrim aniq. Formula, petitsiya yoki ovoz berish qanday bo'lishidan qat'i nazar, mening ovozim Robertga tegishli. Ha, men 2020 yilda unga "Oltin to'p"ni berish g'oyasini to'liq qo'llab-quvvatlagan bo'lardim".
Fikrlar 0