
«Barselona» joriy mavsumda La ligada raqib darvozasi to'sini va ustunini nishonga olish bo'yicha Evropaning top-5 chempionatlarida etakchi bo'lib turibdi.Xansi Flik jamoasi bugun «Las-Palmas»ga qarshi o'yinda (1:2) ham bu ishni takrorladi. Natijada "ko'k-anorranglilar" Ispaniya chempionatida 14 marta raqib darvozasi ustun yoki to'sinini poyladi.Top-ligalar ishtirokchilari orasida bu ko'rsatkich bo'yicha «Barselona»ga eng yaqin jamoalar – «Bayer», «Lill» va «Kalyari». Ular o'z chempionatlarida 10 martadan to'pni darvoza to'sini yoki ustuniga tekkazishgan.
Fikrlar 0