"Barselona" La Ligadagi g'alabasiz o'yinlar seriyasini tugatdi.

Xans-Diter Flik shogirdlari Ispaniya chempionatining 19-turida “Malorka" mehmoni bo'lib, 5:1 hisobida zafar quchdi.

Kataloniyaliklar 4 ta o'yinda birinchi marta g'alaba qozondi. 7 dekabr kuni esa ular safarda "Betis" bilan o'ynaydi.

“Barselona” La Liganing 16-turidan so'ng 37 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda va “Real”dan 4 ochko oldinda.