Rafinya Dias La Ligadagi mavsumdagi 10 va 11-gollarini urdi.

«Barselona» vingeri Ispaniya chempionatining 19-turida «Malorka» bilan o'yinning 56-daqiqasida (5:1) penaltini golga aylantirdi.

74-daqiqada Rafinya dubl qayd etdi.

Hozirda braziliyalik futbolchi joriy La Liganing 16 uchrashuvida 11 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U samarali harakatlar soni bo'yicha Robert Levandovskiga etib oldi.