"Barselona" vingeri Lamin Yamal "Malorka"ga qarshi o'yinda (5:1) 5 ta muvaffaqiyatli dribling amalga oshirdi. Shu orqali u ligada eng yaxshi driblingchilar ro'yxatida birinchi o'ringa ko'tarilib oldi - 40 ta muvaffaqiyatli dribling.

"Real"ning jarohatdagi etakchisi Vinisius Juniorning 38 ta driblingi omadli chiqqan, u ikkinchi o'rinda. "Sevilya"dan Dodi Lukebakio kuchli uchlikni yopgan - 36 ta dribling.

Shuningdek, "Real"dan Kilian Mbappe (35) va "Atletik Bilbao"dan Niko Uilyams (34) ham kuchli beshlikda bor.