"Barsa" Negreyraga avvalroq aytilganidan deyarli million evro ko'proq to'lagan.

AS xabar berishicha, hakamlar texnik qo'mitasi sobiq vitse-prezidentining "Barselona"dan olgan pul miqdori ko'proq qilib ko'rsatildi. Bu summa dastlab 7,5 million evroga baholangan bo'lsa, yangi ma'lumotlarga ko'ra 8 389 599,73 evroni tashkil etadi.

Hisobotda aytilishicha, pul cheklar va naqd pul echib olish tarzida olingan. Fuqarolik gvardiyasi 2003 yildan 2018 yilgacha bo'lgan davrda 135 ta bitimda ko'rib chiqilayotgan mablag' o'tkazilgan degan xulosaga keldi.